Bank
Assalomu alaykum! Hozir men chet davlatda yashayapman. Bu erda uch yil davomida bankda har oy maoshdan hisob raqamga pul tushirib borsang, uch yildan keyin bank yig‘ilgan pulga ma’lum miqdorda pul qo‘shib qaytarib berar ekan. Shunday qilish joizmi? Riboga kirib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sizni har oy qo‘ygan pulingiz qarz bo‘ladi va uch yildan keyin qo‘shib olgan pulingiz o‘sha qarz keltirgan foyda hisoblanadi. عَنْ عُمَارَةَ الْهَمْدَانِيِّ ، قَالَ : سَمِعْتُ عَلِيًّا يَقُولُ : قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم : كُلُّ قَرْضٍ جَرَّ مَنْفَعَةً فَهُوَ رِبًا Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: “Barcha foyda keltiruvchi qarz ribodir” deganlar. Agar qo‘ygan bo‘lsangiz, pulingizni ham foydasini ham olib, foydasini faqir-miskinlarga sadaqa qilib yuboring. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:43 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat