Duo qilsangiz!

Assalomu alaykum xurmatli shayx xazratlari! Sizning qalamingizga mansub kitoblarni o‘qib diynimizga tog‘ri amal qilishni o‘rganib bormoqdaman, inshaalloh! Buning uchun sizga tashakkur aytaman va Allohdan sizni ikki dunyoda azizu mukarram bandalaridan qilishini so‘rayman! Xazrat, oilam tirikchiligi uchun ishlayotgan ishim diynimiz amallarini bajarish va ilm olish uchun umuman to‘g‘ri kelmaganligi sababli uni anchadan beri yaxshirog‘iga almashtirish xarakatida yuribman. Allohning inoyati ila xozirda buning uchun juda qulay imkoniyatga ega bo‘lib turibman. Ammo ishim to‘liq xal bo‘lishi ba‘zi insonlarga bo‘gliq. Xazrat, shu ishning amalga oshishi va xayrli bolishini so‘r‘ab xaqqimga duo qilishingizdan umidvorman! Sizga ko‘pdan-ko‘p raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo o‘zingiz o‘ylagandan ham afzalini bersin!

3 May 2022, 06:41 | Savol-javoblar | 146 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar