Janatdagi vasila nima bo‘lishi mumkin?

Assalomu alaykum! Janatdagi vasila xaqida ma’lumot bersangizlar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ قَالَ حِينَ يَسْمَعُ النِّدَاءَ اللَّهُمَّ رَبَّ هَذِهِ الدَّعْوَةِ التَّامَّةِ، وَالصَّلَاةِ الْقَائِمَةِ آتِ مُحَمَّدًا الْوَسِيلَةَ وَالْفَضِيلَةَ، وَابْعَثْهُ مَقَامًا مَحْمُودًا الَّذِي وَعَدْتَهُ، حَلَّتْ لَهُ شَفَاعَتِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًا  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim azonni eshitgandan keyin: «Allohumma, Robba hazihid da’vatit taammati vas-solatil qoimati ati Muhammadanil vasilata val fazilata vab’ashu maqomam mahmudan allaziy va’adtah» desa, qiyomat kuni unga shafoatim vojib bo‘lur», dedilar».
Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.
Sharh: Bu hadisi sharifda kelgan duoning ma’nosi quyidagicha: «Allohim! Ey ushbu tugal da’vatning va qoim bo‘ladigan namozning Robbisi! Muhammadga Vasilani va fazilatni bergin. Hamda uni O‘zing va’da qilgan maqomi Mahmudda qayta tiriltirgin».
«Vasila» jannatdagi oliymaqom manzila ekanligi hadisda zikr qilindi.
«Maqomi Mahmud» – «Maqtalgan Maqom» esa Alloh taoloning «Shoyadki, Robbing seni Maqomi Mahmudda qayta tiriltirsa» oyati ila Alloh taolo tomonidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va’da qilingan. Maqomi Mahmud buyuk shafoat maqomidir.
Demak, qiyomat kuni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shafoatlariga musharraf bo‘laylik, desak, azondan keyin ushbu duoni o‘qib yurishimiz lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:27 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar