Nikoximiz buzildimi?

Assalomu alaykum! Bundan 2-3 yil oldin turmush o‘rtog‘im bilan ziddiyatga kelib qolgan edik. Men chet elda, ayolim vatanda edi. Ziyofatga borishi uchun izn so‘radi, men ruxsat bermadim. Tabiiyki, qayta qayta so‘rab qo‘ymadi. Men jaxl ustida “ruxsatsiz uydan chiqib ketsang 3 taloqsan” deb yubordim. O‘shanda aniq eslolmayman bu gapni sms tarzida yozma aytdimmi yoki og‘zakimi... Shuncha gapga qaramay ayolim ziyofatga boribdi. Orada ancha vaqt gaplashmay yurdik. Keyin yarashdik va xatto farzandli xam bo‘ldik. Qo‘rqayotganim, haqiqatda taloq tushganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq tushgan. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:32 | Savol-javoblar | 166 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar