Qiz uzatish
Assalomu alaykum! «Uchta qiz uzatsang jannati bo‘lasan» degan gap bor. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: «مَنْ كَانَ لَهُ ثَلَاثُ بَنَاتٍ، يُؤْوِيهِنَّ، وَيَكْفِيهِنَّ، وَيَرْحَمُهُنَّ، فَقَدْ وَجَبَتْ لَهُ الْجَنَّةُ الْبَتَّةَ». فَقَالَ رَجُلٌ مِنْ بَعْضِ الْقَوْمِ: وَثِنْتَيْنِ يَا رَسُولَ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم؟ قَالَ: «وَثِنْتَيْنِ». Jobir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kimning uchta qizi bo‘lsa, ularni boshpana bilan ta’minlasa, moddiy ta’minotini qilsa, ularga rahm-shafqat ko‘rsatsa, ana shu odamga albatta jannat vojib bo‘ladi», dedilar.Shunda qavmning ichidan bir odam:«Ey Allohning Rasuli, ikkita bo‘lsa-chi?» dedi.«Ikkita bo‘lsa ham», dedilar».Sharh: Bu hadis ham farzandlarni, ayniqsa qiz farzandlarni yaxshi parvarish qilgan, yaxshi tarbiya bergan, nafaqasini o‘rniga qo‘ygan kishiga jannat va’dasi borligini ta’kidlab kelmoqda. Bu hadisi sharifda avvalgi ikkala hadisdagi ma’nolar birdaniga ta’kidlanmoqda. (“Al-adab al-mufrad” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:45 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar