Haramda namoz

Assalomu alaykum! Mening qazo namozlarim bor. Imkon darajasida bir kunda bir kunlik qazo namozlarni muntazam o‘qib borayapman. Insha Alloh Haj ziyoratiga otlanib turibman. Masjidul Nabaviyada, Masjidul Haromda nafl namozlarni ko‘proq o‘qib, savobidan umid qilish niyatidaman. Haramda har rak’at o‘qilgan nafl namoz uchun 100 ming rak’at ko‘paytirib savob berilishi haqida o‘qiganman. Qazolarim bo‘la turib nafl o‘qishim joizmi? Haramda turish har doim ham nasib qilavermasligi sababidan savol yuborayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘qishingiz joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:45 | Savol-javoblar | 164 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar