Tirik baliq istemoli
Assalomu alaykum! Bizni vodiyda tirik baliq istemol qilish maskanlari bor. Kirsangiz hovuzdan tirik baliqni tutib tarozidan o‘tkazib 20 daqiqa ichida qovurib olib kelishadi. Tirik baliqni qovirish uchun baliqni qozonga tirigicha soladi yoki bosh qismiga qattiq jisim bilan urib o‘ldirib so‘ng soladi. Dinimizda bu holatni hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! So‘yiladigan hayvonga ham zulm qilmasdan, qiynamasdan so‘yib pishirish kerak. Baliqlarda tasmiyani aytib so‘yish shart emas. Qaysi yo‘l bilan o‘ldirilsa ham halol bo‘laveradi. Nima bilan o‘lgani ma’lum bo‘lmay suv ustida qorni yuqoriga bo‘lib oqib kelgan baliqni eb bo‘lmaydi.
Jonivorlarni so‘yishning islomiy usuli
Alloh taolo «Moida» surasida musulmonlar uchun halol qilingan go‘shtlarni bayon qilib, jumladan, shunday marhamat qiladi:
«…so‘yib olsangiz (halol)».
«So‘yib olsangiz» deb tarjima qilingan so‘z oyati karimada «zakkaytum» (ذكيتم) deb kelgan. Bu so‘z barchamizga ma’lum bo‘lgan zakot so‘ziga o‘zakdosh bo‘lib, poklik, o‘sish ma’nolarini anglatadi. Uning «tazkiya» shakli esa «poklash» deganidir.
Islom shariatining jonivor so‘yish usuli quyidagi shartlarning bajarilishini taqozo etadi:
a. Hayvon o‘tkir, juda keskir tig‘li asbob (pichoq) bilan so‘yilishi lozim.
Shuningdek, jonivor qiynalmasligi uchun tez so‘yish ham shart.
b. So‘yganda jonivorning nafas yo‘li (halqumi), tomog‘i va qon tomirlari kesilishi kerak.
Arab tilidagi «zabiha» fe’li so‘yishni anglatadi. Zabhda hayvonning bo‘g‘zi, nafas yo‘llari (traxeya) va bo‘ynidagi qon tomirlari kesiladi, biroq orqa miyasi kesilmaydi.
c. Jonliqning qoni oqizib yuborilishi shart.
Jonliqning boshini uzishdan avval uning qoni imkon qadar to‘liq oqizib yuborilishi kerak. Bundan maqsad shuki, hayvonning tanasida turli mikroorganizmlarning urchishi uchun qulay muhit bo‘lgan qon qolmasligi kerak. Orqa miyaning kesmay turiladi, buning hikmati shuki, orqa miya kesilsa, yurakka boruvchi nerv tolalari uzilib, yurak to‘xtab qolishi, natijada tomirlarda qon qotib qolishi mumkin.
2. Qon mikrob va bakteriyalar uchun qulay muhitdir.
Darqiqat, qon – mikroblar, bakteriyalar va toksinlar ko‘p uchraydigan joydir. Shuning uchun qonning to‘liq oqizib yuborilishi talab qilinadigan shar’iy so‘yish usul gigiena talablariga to‘liq javob beradigan usuldir. Shu tariqa so‘yilgan go‘shtga qondagi bakteriyalar, toksinlar va mikrob kabi turli xil zararli moddalar o‘tib qolishining oldi olinadi.
3. Shar’iy usulda so‘yilgan go‘sht ko‘proq vaqt buzilmay saqlanadi.
Shar’iy talablarga ko‘ra so‘yilgan go‘sht uzoqroq vaqtgacha buzilmay saqlanadi, chunki uning tarkibidagi qon miqdori boshqa usullarda so‘yilgan go‘shtlarga qaraganda kamroq bo‘ladi.
4. Shar’iy usulda so‘yilgan hayvon og‘riqni sezmaydi
Bo‘yin tomirlari keskin harakat bilan kesib yuborilsa, miyaning og‘riq sezuvchi asab tolalariga qon bormay qoladi. Natijada hayvon og‘riqni sezishdan darhol to‘xtaydi. Shuning uchun ham, shar’iy usulda so‘yilgan hayvonning oyoqlarini tipirchilatib, bor kuchi bilan zo‘riqishi og‘riq tufayli emas, balki mushaklarning tez-tez qisqarib, bo‘shashi, tanadan qonning shitob bilan oqib chiqishi tufayli yuz beradi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 166 | Turli savollar