1000 oylikni nishonlash
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Respublikamizning ayrim viloyatlarida qariya otaxon-onaxonlarning 1000 (ming) oy hayot kechirganliklarini yaqinlar davrasida nishonlash odati bor ekan. U kunda duo zikrlar bilan birgalikda, yaqinlarga sovg‘a va taom tarqatilar ekan. Bu yoshdagi qariyalaraimizning ko‘pchiligida kamida Umra safarida bo‘lishgach, safdoshlari bilan yig‘ilishar ekan. Savolim shuki, shariatga ko‘ra, shunday qilish to‘g‘rimi? Yoki bu toifa yig‘inlar, tug‘ilgan kunni nishonlash hukmida bo‘ladimi? Vaqt ajratib javob berganingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimiz ehson, sadoqotlar qilishga buyuradi. Xoh u ehson o‘tganlarga deb qilinsin, yoki tiriklarga deb qilinsin farqi yo‘q. Lekin siz aytganingizdek 1000 oy, payg‘ambar yoshi, tug‘ilgan kun degan narsa shariatimizda mutlaqo yo‘q. Savob umidida bunday qilish, dinga qo‘shimcha kiritish hisoblanadi. Alloh shu kunga etkazganiga shukur qilib, niyatini “ming oy” va “payg‘ambar yoshi” demasdan ehson qilishdan hech kim qaytarmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 133 | Oila va turmush