Valyutadaga farq
Assalomu alaykum! Bir ukamiz bilan oziq-ovqat do‘koni ochmoqchi edik. Pulni ukamiz tikadi tijoratga. Savolim ukam tijoratga pulni AQSh dollarida tikmoqchi. Ushbu xolatda o‘z-o‘zidan savol paydo bo‘ladi. Misol uchun, Pulni tijoratga tikkan vaqtida 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 10.600 sum bo‘lsa 10.000 AQSh dollari pulni tikkan kunida 106.000.000 so‘m bo‘ladi, shu kuni ushbu so‘mdagi summaga tovar olinsa. Ushbu tovarning kirimi so‘mda bo‘ladi valyuta kursidagi farq aksariyat tovarlarga ta’sir etmaydi (Faqat chetdan import bo‘ladigan tovarlar bundan mustasno ularning xisobi xar kungi valyuta kursida yuritiladi). Valyuta kursi ko‘tarilishi bilan ukamning tijoratga tikkan summasi xam oshib boradi. Tovarlarni valyuta qayta baxolab bo‘lmaydi. Savol: 1) Ushbu xolatda tijoratga tikiladigan summa o‘zaro kelishilgan xolda bankdan ayirboshlansa bo‘ladimi? Iltimos ikki tomon xam zarar ko‘rmasligi uchun maslaxat bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tijorat moli so‘mda olib so‘mda savdo qilinsa, kelishuvni va hisob kitobni shu pul birligida qilingani ma’qul. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tijorat moli so‘mda olib so‘mda savdo qilinsa, kelishuvni va hisob kitobni shu pul birligida qilingani ma’qul. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat