To‘yxonadagi holat

Assalomu alaykum! Men bir yaxshi to‘yxonada ish boshqaruvchi bo‘lib ishlayman. Bizda qo‘riqlash xizmati ham bo‘lib, ularga ham boshman. To‘ylarga yosh bo‘lachalar, lo‘lilar ham, hatto o‘zimiz qatori bo‘llar ham egulik o‘g‘irlagani ko‘p kiradi. Ular «shunday eb ichib ketay, to‘yda bilinmidiyu»deydi. To‘g‘ri, biz ham yoshligimizda to‘ylardan narsalar o‘g‘irlab eb-ichib o‘sganmiz, lekin u vaqtlar to‘ylar mahallada bo‘lardi va to‘y egalari indamasidi. Hozir faqat to‘yxonada bo‘ladi va bizga “begonani kirgazmanglar deydi. Ovqat so‘rab keganlarning orasida haqiqatan qiynalganlari bor. Ularni bir yaxshi gap bilan, bir yomon gap bilan olib chiqib tashlashadi. Ular esa rosa yomon qarg‘ab ketadi. Savolim shundaki, qanchadan qancha eguliklar axlatga chiqarib tashlanadi. Shundan biz ularga berishimiz joizmi yoki ishimizni qilib kirgazmasligimiz kerakmi? To‘g‘risi rahmim kelib, qiynalganlarga ovqat berishlariga ruxsat beraman. Bundan to‘y egalarining xabari yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qanchadan qancha eguliklar axlatga chiqarib tashlanadigan vaqtgacha kutib turasiz. So‘ng, to‘y egasidan ruxsat so‘rab, berishingiz mumkin. U siz biror narsa berishingizga haqqingiz yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:28 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar