Ahli kitoblardan bo‘lgan yahudiy va nasarolar kofirlarmi?
Ahli kitoblar kofirlarmi? Bir inson biz ularni kofir deyishga haqqimiz yo‘q dedi, chunki Rosullulloh s. a. v. ularni hech qachon kofir demagan ekanlar. Lekin " Ularga Allohning huzuridan o‘zlaridagi narsani tasdiqlovchi kitob kelganda, va holbuki, kofirlarga qarshi (undan) yordam kutardilar, o‘zlari bilgan narsa kelganda, unga kufr keltirdilar. Kofirlarga Allohning la’nati bo‘lsin. " Baqara surasi 89-oyat, " Albatta, Allohga va Uning Payg‘ambarlariga kufr keltiradiganlar va Alloh ila Payg‘ambarlari orasida ayrimchilikni iroda qiladiganlar hamda ba’zilariga iymon va ba’zilariga kufr keltiramiz, deb ana o‘shanday ora yo‘lni tutishni xohlaydiganlar. Ana o‘shalar haqiqiy kofirlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qo‘yganmiz. " Niso surasi 150-151-oyatlar va yana bu kabi oyatlar qur’onda juda ko‘pku, mana shu kabi oyatlardagi hukmga binoan ham ularni kofir desak gunohkor bo‘lamizmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha sizga gapirgan odamga aytmay bu gaplarni nima uchun menga aytmoqdasiz? O‘sha odamga ayting. Qur’oni Karimda kelgan haqiqatni inkor qilmasin.
26 May 2022, 23:39 | Savol-javoblar | 161 | Ayollarga oid masalalar