Sura va duolarni bilmay o‘qilgan namoz
Assalomu alaykum! Xozirda bizlar Kareyada ishlayapmiz, uydagi bir sherigim faqat bomdot namozini o‘qirdilar, yoshlari mendan 10yil katta bo‘lgani bois iloji boricha yaxshi gap bilan namozni to‘liq ado etishga davat qildim, Alloh xoxishi bilan 5 maxal o‘qishni boshladilar, u kishi bomdotni o‘qib yurgani bois faqat vitr namozini tushuntirdim va qunut duosini yodlashlarini tushuntirdim, u kishi aval yodlab keyin boshlayman deganiga o‘rniga robbana duosini o‘qib turishlarini va bugonoq boshlashlarini aytdim. Keyinroq bilsam u kishi fotixa surasidan boshqa xech qaysi sura va duolarni bilmas faqat ruku va sajda qilib odamlar oldida riyo uchun bomdodni o‘qirkan, xozirda meni gapim bilan 5 maxal o‘qiyaptilar, men u kishiga sano duosidan boshlab yodlashlarini aytdim ammo bir xaftadan beri natija yo‘q. Endi u kishiga nima deyishim kerak? Avval xamma sura va duolarni yodlab keyin o‘qing deymi yoki shu axvolda o‘qib yurib tezroq yodlang deymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu ahvolda o‘qib, qolganlarini sekin sekin to‘ldiraversin. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shu ahvolda o‘qib, qolganlarini sekin sekin to‘ldiraversin. Vallohu a’lam!
8 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 167 | Namoz