Uzrli kishi

Assalomu alaykum! Peshob qilgandan so‘ng ba’zan 40 daqiqa, ba’zida bir soatgacha peshob kelib turadi. Shunday hollarda namozni to‘xtagandan so‘ng o‘qiymanmi? Men peshobdan so‘ng ichki kiyimga o‘tmasin deb olatimga bir qog‘oz yoki latta qo‘yib olaman. Tahorat qilishdan oldin olib tashlayman. Yana qo‘yib namoz o‘qisam bo‘ladimi yoki boshqa pokizasini qo‘yamanmi? Uzrli kishi Qur’on o‘qishda qanday yo‘l tutadi, tahoratdachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz har namozga tahorat olib, o‘qiyverasiz. Keyingi namoz vaqti kirgunicha o‘sha tahorat bilan Qur’on o‘qishingiz ham mumkin. Yangi namozga qog‘ozni ham yangilab olasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:52 | Savol-javoblar | 150 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar