Vasiyat so‘rash

Assalomu alaykum! Xozirda onamni axvoli saraton kasalligining oxirgi bosqichdaligi uchun og‘irroq bo‘lib turibdi. Onamga qanday kasalligini bildirganimiz yo‘q diqqat bo‘lib qoladi deb oddiy bachadon bo‘yniga chiqqan yara deb aldab yuribmiz. Avvalo onamni umrini Alloh barakotli va uzun qilsin Savol 1. Onamga saraton kasalligini aytmasam men yolg‘onchi bo‘lib qolmaymanmi buni o‘zidan sir tutsam bo‘ladimi. 2 og‘riq kuchayganda o‘g‘riqni qoldirish uchun kuchli narkotik ukollar qilib turadi ekan buni oxiratiga ziyoni yo‘qmi. 3 onam namoz o‘qiydi ammo qazo namozlari xam yo‘q emas shu qazo namozlarini va ro‘zalari bu dunyoda qazosini tugata olmasa onam o‘tganlaridan keyin qazolari uchun fidya bermoqchi bo‘lsam onamdan vasiyat olib olishligim shartmi yoki shart emasmi vasiyat qilmasa xam fidya beraversam bo‘laveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Agar aytsangiz holat yomonlashadigan bo‘lsa, aytmang.
2). Og‘riqni qoldirish uchun boshqa omkon bo‘lmasa joiz.
3). Aslida odam o‘zi vasiyat qilish kerak. Mabodo qilmasa o‘zingiz fidya bersangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:06 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar