Qabristonga mevali daraxt ekish

Qabriston chetlariga mevali daraxtlar ekish mumkinmi? Ba’zi qabristonlarda ko‘rdim mevali daraxtlarni kesib tashlashganini. Uzum, o‘rik shunga o‘xshash daraxtlarni ekish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Mumkin. O‘sha daraxtlarga ekan odamning o‘zi haqli bo‘ladi. Undan iste’mol qiluvchilar, o‘sha odamdan so‘rab eyishlari shart. Mabodo, ekkan odam “kim yaxshilik ila esa, uning uchun sadaqot” degan bo‘lsa, so‘ramay eyishlari ham mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 179 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar