Nos balosi

Assalomu alaykum! Ustozlar, men nos chekishni tashlayolmayabman, 4 oy chekmay yura oldim lekin har xil tushkunliklar sabab yana chekib qo‘ymoqdaman. Nos chekishni zararlarini to‘liq bo‘lmasa ham bilaman, kuchga to‘lib xush kayfiyatlik paytimda zarar qilmas, boshqalar necha yillardan beri chekib kelayabdiku menga ham xech nima qilmas degan xayolda nos chekib qo‘yaman va agar nos cheksam organizmimda zaiflik sezib, uyqu bosishlik, ishchanligim pasayib, fikr qilish qobiliyatim yomon yoqimsiz xayollarda qotib qolib, kelajakka ishonchsizligim uyg‘onib vaxymaga tushib qolaman, shunday xolatimdaxam nos chekishni butunlay tashlolmayabman, axvolim naqadar yomon, iltimos duo qilinglar nos chekishni siz azizlarni duosi sabab tashlab ketaolsam, o‘zim tashlashga xarakat qilayabman tashlolmayabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson tug‘ilganida u bilan birga bir shayton ham tug‘iladi va u odam bolasini umrining oxirigacha yomon ishlarga undab o‘tadi. عن عبد الله بن مسعود رَضِي اللهُ عَنْهُ قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم ما منكم من أحد إلا وقد وكل به قرينه من الجن قالوا وإياك يا رسول الله قال وإياي إلا أن الله أعانني عليه فأسلم فلا يأمرني إلا بخير Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Sizlarning har biringizga jindan bo‘lgan birga yuruvchisi vakil qilingan. Bunday bo‘lmagan kishining o‘zi yo‘q. Sahobalar : “Sizga hammi ey Allohning rasuli” deyishdi. U zot : “Menga ham vakil qilingan, Lekin men Alloh yordam berib, salomat qolaman. U meni faqat yaxshilikka buyuradi” dedilar». Muslim rivoyati. Inson tahorat, g‘usl, zikr va tilovati Qur’ondan yiroq bo‘lsa, o‘sha vakil qilingan shaytonning insonga bo‘lgan yaqinligi va ta’siri ziyoda bo‘ladi. Oxir oqibat butkul uning ta’siri ostida qoladi. Barcha aytganlarini qilib, Allohdan uzoqlashadi. Hatto ramazondek shaytonlar kishanband qilingan oylarda ham uning ta’siridan chiqa olmaydi. Bora-bora shaytonning vasvasa qilib buyuradigan ishlari insonning tabiatiga aylanib qoladi. Dard, yomon xulq yangiligida va insonning yoshligida kichik bir nihol kabi bo‘lib, undan qutilish ham oson bo‘ladi. Uni daf qilishga insonda quvvat ham bo‘ladi. Inson unib ulg‘aygach yoshligida daf qila olmasa dardi ham, yomon xulqlari ham birga ulg‘ayadi va undan ajralmas holatga keladi. Inson ulardan ijralishni xohlasada, bu juda qiyin kechadi. Bu xuddi surunkali kasalga aylanib qoladi. Shuning uchun yoshlik vaqtida shaytonning ta’siri to‘liq o‘z ta’siriga olmasdan avval zikr va tilovati Qur’onni ko‘paytirishimiz kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 12:58 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar