Isrof haqida

Assalomu alaykum! Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning «Isrof» kitoblarida shunday jumla bor : Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir so’dan besh muddgacha (bo‘lgan suv) bilan g‘usl qilar edilar va bir mudd bilan tahorat qilar edilar».
Internetda bir nechta manbadan ko‘rishimcha 1 so’ 3 litrga teng ekan. 1 mudd esa 0.75 litr ekan ya’ni 1 litrdan ham kam.
Savollarim: Bu topgan ma’lumotlarim to‘g‘rimi? Biz ham g‘uslni 3 litrdan to 3.75 litrgacha (5 mudd) miqdoridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qilishimiz kerakmi? Agar shulardan ko‘p miqdorda ishlatsak gunohkor bo‘lib qolmaymizmi? Chunki men g‘uslga aniq ko‘p suv ishlataman. Tahoratga ham 1 muddan ko‘p ya’ni 1-1.5 litr balki undan ham ko‘p miqdorda suv ketadi, lekin haddan oshmaslikni o‘rganayabman. Oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqiqatan biz suv borasida isrofga o‘rganib qolganmiz. Hatto isrof qilayotganimizni ham bilmaymiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek zot shuncha suv bilan tahorat qilibdilarmi biz ham shunga o‘rganishimiz va qilishimiz kerak. Albatta bu oson emas, lekin sekin-asta o‘rganishimiz kerak. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 04:59 | Savol-javoblar | 157 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar