Bu ishim sudxo‘rlik emasmi?
Assalomu alaykum! Odamlarning mushkulini oson kilib, ularga tugri, shar’iy yulni kursatishda kilaetgan ishlaringizga Alloh madadkor bulsin! Quyidagi savolimga atrofli va aniq javob olish umidida men ham sizlarga murojaat qilishga qaror qildim. Men bir juda ham yaqin do‘stimga pul berganman. Do‘stim biznes bilan shug‘ullanadi va men bergan pulni aylantiradi. Har oy menga o‘zining sharoitiga qarab, ma’lum bir miqdorda pul berib turadi. Lekin men do‘stimga avvaldan foydasiga ham, zarariga ham sherikligimni, har oy beradigan pulini miqdorini belgilamasligimni, qancha oshinib, rozi bo‘lib bersa shuni olishimni va agar ishlari yurishmay berolmay qolsa, men bunga ham roziligimni, hattoki biron bir sababga ko‘ra har oyda qo‘shimcha pul berish tugul bergan pulimni tanini ham qaytarolmay qolgan taqdirda, unga ham roziligimni bildirib, uqdirib, kelishib olganman. Qolaversa, qilayotgan ishiga yordam berishga, o‘z hissamni qo‘shishga, berayotgan puli uchun qancha kerak bo‘lsa mehnat qilishga tayyorligimni bildirganman. Ya’ni, men sudxo‘rlik qilishni xohlamasligimni va olayotgan pulimni halol bo‘lishini do‘stimga tushuntirib, kelishib olganmiz. Lekin hozirgi kunda aka-ukalar bilan o‘zaro bo‘lgan muhokamada do‘stimdan olayotgan pul halol yoki haromligiga shubha tug‘ilib qoldi. Savolim: Yuqorida ko‘rsatilgan shartlarni hammasini mavjudligini hisobga olsak, men do‘stimdan olayotgan pulim sudxo‘rlikka kiradimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Nodirbek
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz do‘stingiz bilan bo‘lgan muomalangizni shariat asosida aniq bir holatga keltirib olishingiz kerak. Agar bu qarzi hasana bo‘lsa, unda hech narsa olmang. Chunki foyda keltirgan har bir qarz ribodir. Agar foyda olishni xohlasangiz, muolamangizni muzoraba yoki murobaha asosida kelishib oling. Shunda shariatga muvofiq ish qilgan va barcha shubhalardan yiroq bo‘lasiz. Alloh sizga va do‘stingizga halollikni nasib qilsin! Quyidagi linklarda muzoraba va sherikchilikka oid ma’lumotlar bor. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/moliya/savdo/317-muzoraba https://fiqh.uz/index.php/ibodat/moliya/savdo/665-muzorobaga-oid-savol-zhavoblar https://fiqh.uz/index.php/ibodat/moliya/savdo/322-ta-sit-savdosi https://fiqh.uz/index.php/fiqh-uz/dolzarb-mavzu/676-fojda-zarar-teng-sherik-deb-kelishish
26 May 2022, 09:24 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat