Ogohlantiruvchi kelmaguncha

Assalomu alaykum! Eshitishimcha, xech kimga ogohlantiruvchi kelmaguncha azobga duchor qilinmas ekan. Ya’ni bir ma’siyatli ish qilib o‘tirgan insonga boshqasi bu ishing noto‘g‘ri demaguncha. Shunga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ تَمِيمٍ الدَّارِيِّ ، قَالَ : سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ , يَقُولُ : " لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الدِّينُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ ، وَلا يَتْرُكُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ بَيْتَ مَدَرٍ وَلا وَبَرٍ إِلا أَدْخَلَهُ اللَّهُ هَذَا الدِّينَ ، بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ ، عِزٌّ يُعِزُّ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ بِهِ الإِسْلامَ ، أَوْ ذُلٌّ يُذِلُّ بِهِ الْكُفْرَ. رواه أحمد Tamim Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning : “Bu din tun va kun etib borgan joyning hammasiga albatta etib boradi. Alloh shahar, qishloqdagi va cho‘ldagi uylarni birortasini ham qoldirmay ularga bu dinni kirgazadi. Azizni aziz bo‘lishi bilan va xorni xor bo‘ishi bilan(dinga kirgan kishi) bir azizlikdir. Alloh u bilan Islomni aziz qiladi. (qabul qilmagan kishi) Bir xorlikdir, Alloh u bilan kufrni xor qiladi” deyayotganlarini eshitdim". Ahmad rivoyati.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu va’dalariga binoan hozirgi kunda har bir xonadonga ogohlantiruvchi kirib kelib bo‘lgan. Xonadon ahliga ogohlantiruvchiga e’tibor berish yoki bermaslikkina qolgan. Ilm olishga imkoni bo‘la turib, ilm olmagan va unga amal qilmagan kishi, bilib turib amal qilmagan kishi bilan barobardir. Qiyomatda “men bilmaganman” degan gapi o‘tmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:02 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar