O‘zimda bo‘lmasa boshqadan olib sotish

Assalomu alaykum! Do‘konda material sotaman. Mijoz so‘ragan narsam tugab qolsa ya’ni tanlagan materiali 10 metr kerak bo‘lsa, menda 3 metr qogan bo‘lib, qo‘shni do‘kondan o‘sha materialni obkelib 10 bo‘sa 15 minga sotsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oldin o‘ziga sotib olib, keyin boshqaga sotsa bo‘ladi. Aslida bu joiz emas. Chunki u odam sotish o‘rniga bor joyini ko‘rsatib qo‘ysa, musulmonga xayrixohlik qilgan bo‘ladi. Qolaversa, bu ish bozorni savdosining buzilishiga olib keladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam narsasini sotish uchun bozorga kirib kelayotgan insonni yo‘liga chiqib, arzonga olib, bozor ichiga olib kirib qimmatga sotishdan qaytarganlar. Yana bunda o‘ziniki bo‘lmagan molni haridorga o‘ziniki qilib ko‘rsatib yolg‘on gapirishi ham bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurida bo‘lmagan narsani sotishdan ham qaytarganlar. Vallohu a’lam! [url=https://savollar.islom.uz/savol/101958https://savollar.islom.uz/savol/101958[/url]

26 May 2022, 08:41 | Savol-javoblar | 132 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar