Avrat ochish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin. Savollarim quyidagicha: 1). Inson yolg‘iz bo‘lsa, uxlamoqchi bo‘lganda yoki yotganda issiqqa chiday olmasdan tizzasi yoki sonini ochib uxlashi joizmi? Albatta bu erkaklarga tegishli.
2). Men ko‘pincha tizzamdan yarim qarich past sho‘rtik kiyib namoz o‘qiyman. Buni hukmi qanday? Makruh yoki beodoblik emasmi? Savollarim noo‘rin bo‘lsa kechirim so‘rayman. Alloh barchamizni hidoyatga yo‘llasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1).
عَنْ سَعِيدِ بن يَزِيدَ الأَزْدِيِّ ، أَنَّهُ قَالَ لِلنَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : أَوْصِنِي ، قَالَ : أُوصِيكَ أَنْ تَسْتَحِيَ مِنَ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ كَمَا تَسْتَحِي مِنَ الرَّجُلِ الصَّالِحِ . رواه الإمام أحمد في " الزهد " ( 46  ، والبيهقي في " شعب الأيمان " ( 6 / 145  والطبراني في " المعجم الكبير
Sa’id ibn Yazid Al-Azdiy roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: “menga vasiyat qiling” dedi. U zot “Solih kishidan hayo qilganingdek Alloh Azza va Jalladan hayo qilishinga vasiyat qilaman” dedilar. Ahmad, Bayhaqiy va Tabaroniylar rivoyat qilishgan. قال الراغب الأصفهاني ـ رحمه الله ـ : والذين يستحي منهم الإنسان ثلاثة : البشر ، وهم أكثر من يستحي منه ، ثم نفسه ، ثم الله تعالى ، ومن استحى من الناس ولم يستحي من نفسه : فنفْسه عنده أخس من غيره ، ومن استحى منها ولم يستح من الله : فلعدم معرفته بالله ، فالإنسان يستحيي ممن يعظمه ، ويعلم أنه يراه أو يسمع نجواه ، فيبكته ؛ ومن لا يعرف الله فكيف يعظمه، وكيف يعلم أنه مطلع عليه ؟ "الذريعة إلى مكارم الشريعة Rog‘ib Asfahoniy aytadi : “Inson hayo qilishi kerak bo‘lgan zotlar uchtadir. 1-odamlar. Ko‘proq ulardan hayo qilinadi. 2-inson o‘zidan hayo qiladi. 3-Alloh taolodan hayo qiladi. Kim odamlardan hayo qilsayu, o‘zidan hayo qilmasa uning nafsi o‘z nazdida boshqalardan ko‘ra past hisoblanadi. Kim o‘zidan hayo qilsayu, Allohdan hayo qilmasa, bu Allohni tanimaganligidandir. Chunki inson o‘zi ulug‘ deb bilgan Zotdan hayo qiladi. Uni ko‘rishi yoki gapini eshitishi uni sharmanda qilib qo‘yishini biladi. Kim Allohni tanimasa, Uni ulug‘lamaydi va doim ko‘rib turguvchi ekanligini ham his qila olmaydi”. (Az-Zarii’a ilal makorimishshari’a). عَنْ مُعَاوِيَةَ بْنَ حَيْدَةَ الْقُشَيْرِيّ قَالَ : قُلْتُ : يَا رَسُولَ اللَّهِ عَوْرَاتُنَا مَا نَأْتِي مِنْهَا وَمَا نَذَرُ ؟ قَالَ : احْفَظْ عَوْرَتَكَ إِلَّا مِنْ زَوْجَتِكَ ، أَوْ مَا مَلَكَتْ يَمِينُكَ ، قَالَ : قُلْتُ : يَا رَسُولَ اللَّهِ إِذَا كَانَ الْقَوْمُ بَعْضُهُمْ فِي بَعْضٍ ، قَالَ : إِنْ اسْتَطَعْتَ أَنْ لَا يَرَيَنَّهَا أَحَدٌ فَلَا يَرَيَنَّهَا ، قَالَ : قُلْتُ : يَا رَسُولَ اللَّهِ إِذَا كَانَ أَحَدُنَا خَالِياً ، قَالَ : اللَّهُ أَحَقُّ أَنْ يُسْتَحْيَا مِنْهُ مِنْ النَّاسِ . رواه الترمذي ( 2794  وأبو داود ( 4017  وابن ماجه ( 1920 Muoviya ibn Haydah Qushayriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Men : “Ey Allohning rasuli avratimizni kimga ko‘rsatib, kimdan to‘sinamiz” deb so‘radim. U zot  : “Ayoling, qo‘l ostingdagi cho‘ringdan boshqasidan saqla” dedilar. “Qavm ba’zisi ba’zisi bilan birga bo‘lgandachi” dedim. Avratingni ko‘rsatmasligingni imkoni bo‘lsa, ko‘rishmasin" dedilar. “Ey Allohning rasuli, holi qolganimizdachi” dedim. “Alloh odamlardan ko‘ra hayo qilishga haqqliroqdir” dedilar. Abu Dovud va ibn Moja rivoyatlari.
2). Joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:06 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar