Ovqat vaqti gaplashib o‘tirish

Assalomu alaykum! Bizda ovqat vaqti oila a’zolari gaplashishmaydi. Shariat ko‘rsatmasi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ko‘ngilni ko‘taradigan xursandchilik gaplardan gaplashib taomlanish kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomlanayotgan paytlarida suhbatlashib taomlanar edilar. Bunga bir necha sahih hadislar bo‘lib, ulamolar taomlanayotganda yaxshi so‘zlar bilan gaplashib taomlanishni mustahab deganlar. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كُنَّا مَعَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  فِي دَعْوَةٍ، فَرُفِعَ إِلَيْهِ الذِّرَاعُ، وَكَانَتْ تُعْجِبُهُ، فَنَهَسَ مِنْهَا نَهْسَةً وَقَالَ: «أَنَا سَيِّدُ الْقَوْمِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، هَلْ تَدْرُونَ بِمَنْ يَجْمَعُ اللهُ الْأَوَّلِينَ وَالْآخِرِينَ فِي صَعِيدٍ وَاحِدٍ، فَيُبْصِرُهُمُ النَّاظِرُ وَيُسْمِعُهُمُ الدَّاعِي، وَتَدْنُو مِنْهُمُ الشَّمْسُ، فَيَقُولُ بَعْضُ النَّاسِ: أَلَا تَرَوْنَ إِلَى مَا أَنْتُمْ فِيهِ، إِلَى مَا بَلَغَكُمْ؟ أَلَا تَنْظُرُونَ إِلَى مَنْ يَشْفَعُ لَكُمْ إِلَى رَبِّكُمْ؟ فَيَقُولُ بَعْضُ النَّاسِ: أَبُوكُمْ آدَمُ، فَيَأْتُونَهُ فَيَقُولُونَ: يَا آدَمُ، أَنْتَ أَبُو الْبَشَرِ، خَلَقَكَ اللهُ بِيَدِهِ، وَنَفَخَ فِيكَ مِنْ رُوحِهِ، وَأَمَرَ الْمَلَائِكَةَ فَسَجَدُوا لَكَ، وَأَسْكَنَكَ الْجَنَّةَ، أَلَا تَشْفَعُ لَنَا إِلَى رَبِّكَ؟ أَلَا تَرَى مَا نَحْنُ فِيهِ وَمَا بَلَغَنَا؟ فَيَقُولُ: رَبِّي غَضِبَ غَضَبًا لَمْ يَغْضَبْ قَبْلَهُ مِثْلَهُ، وَلَا يَغْضَبُ بَعْدَهُ مِثْلَهُ، وَنَهَانِي عَنِ الشَّجَرَةِ فَعَصَيْتُهُ، نَفْسِي نَفْسِي، اذْهَبُوا إِلَى غَيْرِي، اذْهَبُوا إِلَى نُوحٍ. فَيَأْتُونَ نُوحًا فَيَقُولُونَ: يَا نُوحُ، أَنْتَ أَوَّلُ الرُّسُلِ إِلَى أَهْلِ الْأَرْضِ، وَسَمَّاكَ اللهُ عَبْدًا شَكُورًا، أَمَا تَرَى إِلَى مَا نَحْنُ فِيهِ؟ أَلَا تَرَى إِلَى مَا بَلَغَنَا؟ أَلَا تَشْفَعُ لَنَا إِلَى رَبِّكَ؟ فَيَقُولُ: رَبِّي غَضِبَ الْيَوْمَ غَضَبًا لَمْ يَغْضَبْ قَبْلَهُ مِثْلَهُ، وَلَا يَغْضَبُ بَعْدَهُ مِثْلَهُ، نَفْسِي نَفْسِي، ائْتُوا النَّبِيَّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. فَيَأْتُونِي، فَأَسْجُدُ تَحْتَ الْعَرْشِ، فَيُقَالُ: يَا مُحَمَّدُ، ارْفَعْ رَأْسَكَ، وَاشْفَعْ تُشَفَّعْ، وَسَلْ تُعْطَهُ». قَالَ مُحَمَّدُ بْنُ عُبَيْدٍ: لَا أَحْفَظُ سَائِرَهُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga bir chorlovda edik. U zotga qo‘yning qo‘li ko‘tarib kelindi. U zotga shu yoqar edi. Undan bir tishlam tishladilar va dedilar: «Men qiyomat kuni odamlarning sayyidiman. Alloh avvalgi-yu oxirgilarni bir sayhonlikda kim bilan jam qilishini bilasizlarmi? Qaragan odam ularni ko‘ra oladi, jarchi ularga eshittira oladi. Quyosh ularga yaqin keladi. Ba’zi odamlar: «Hoy, nima ahvolda ekaningizni, sizlarga nimalar etganini ko‘rmaysizlarmi? Sizlarni Robbingiz oldida kim shafoat qilishiga qaramaysizlarmi?» deydi. Shunda ba’zi odamlar: «Otangiz Odam», deydi. Ular Odamning oldiga kelishadi. «Ey Odam! Siz bashariyatning otasisiz. Alloh sizni O‘z qo‘li bilan yaratgan va sizga O‘z ruhidan puflagan, farishtalarga buyurgan, ular sizga sajda qilishgan hamda (U Zot) sizni jannatga joylashtirgan. Robbingiz oldida bizni shafoat qilmaysizmi? Biz nima ahvolda ekanimizni, bizga nimalar etganini ko‘rmaysizmi?» deyishadi. U: «Robbim shunday bir g‘azab qilganki, bundan oldin bunchalik g‘azab qilgan emas, bundan keyin ham bunchalik g‘azab qilmaydi. Meni daraxtdan qaytargan edi, men Unga osiy bo‘lganman. O‘zim bilan o‘zimman. Mendan boshqaga boringlar, Nuhning oldiga boringlar», deydi. Ular Nuhning oldiga kelishadi. «Ey Nuh! Siz er ahliga yuborilgan rasullarning birinchisisiz. Alloh sizni «sershukr banda» deb atagan. Biz nima ahvolda ekanimizni ko‘rmaysizmi? Bizga nimalar etganini ko‘rmaysizmi? Robbingiz oldida bizni shafoat qilmaysizmi?» deyishadi. U: «Bugun Robbim shunday bir g‘azab qilganki, bundan oldin bunchalik g‘azab qilgan emas, bundan keyin ham bunchalik g‘azab qilmaydi. O‘zim bilan o‘zimman. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldiga boringlar», deydi. Ular mening oldimga kelishadi. Men Arsh tagida sajda qilaman. Shunda «Ey Muhammad! Boshingni ko‘tar. Shafoat qil, shafoating qabul bo‘ladi. So‘ra, senga beriladi», deyiladi».
Muhammad ibn Ubayd: «Qolganini eslay olmayman», degan.
 

Izoh: Bu hadisni imom Buxoriy rahmatullohi alayh Ishoq ibn Nasrdan, u Muhammad ibn Ubayddan, u Abu Hayyondan rivoyat qilgan. O‘sha Muhammad ibn Ubayd hadisning qolgan qismini eslay olmaganini aytgan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:22 | Savol-javoblar | 180 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar