Duo qiling musulmonlar…

Assalomu alaykum! Aziz aka ukalar, opa-singillar, iltimos ukalarimga Allohdan insof so‘rab, Alloh rizoligi uchun ixlos bilan duo qiling! Ushbu so‘zlarimni hozir ko‘zlarimda yoshim, ko‘nglimda qattiq or va nafrat bilan yozayabman. Katta ukam dokumentlarini olib qo‘ygani uchun onamni sudga berib qamattirmoqchi, onam namozxon ayol. Fevral oyida bir qizga sovchilikka borgandilar, tabiyki u qizni ukam topgan. Keyinrok bilsak u qiz judayam shallaqi qiz ekan. Onam tez qaytarish qilmokchi bo‘ldilar. Ukam “shuni olaman” deb turib olgan. Keyin bilsak uni qornida bolasi bor ekan. Kimdanligi noma’lum, ukam “manniki” deb turibdi. Onam bechora “zagsdan o‘tib olmasin” deb dokumentlarini olib qo‘ydilar. Hozirda Rossiya davlatidamiz. Endi ukam militsiya chaqirib onamni rozыskka berib, qidirtirib topib, 15 sutkaga qamatmoqchi. Ey Allohim bu qanday ko‘rgulik, onam 3 ta farzandni 8-12-16 yashar vaqtimizdan tashlab ketmay boqdilar, endi oladigan javobi shu bo‘lyabdi. ILTIMOS MUSULLMONLAR UKALARIMGA INSOF SO‘RANGLAR ALLOHIMDAN. TANGRIM BIZ BANDALARIGA MEHRIBON ZOT.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh tavfiq bersin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:06 | Savol-javoblar | 153 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar