Nomahram bilan sms orqali gaplashish
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Avvlom bor savolimdan uzr so‘rayman, faqatgina bilmaganligim uchun, bilish uchun quydagi savolimni yo‘lladim. Hozirda keng ko‘lamda ommalashgan internet orqali sms tarzda nomahramlar bilan gaplashish hukmi qanday? Men birodarimga “gaplashish ma’qul ish emas” desam, “axir men ovozini eshitmayamanku, yoki ovoz oraqali gaplashmayamanku, hamda do‘st bulsam. Mumkinmas degan joyi bormi” deb meni savolga tutib qoldi. Bu borada aniq ilmga ega emasligim sababli siz ilm ahlidan so‘radim. Beradigan javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ish yuzasidan majbur bo‘lsa, ayol kishidan narsa sotib olish yoki ularga biror narsa sotish kabi ishlarda murojaat qilishning zarari yo‘q. Lekin gap sotishga ruxsat yo‘q. “Ijtimoiy odoblar” kitobini olib o‘qingva o‘sha odamga ham o‘qib bering. Unda umumiy internetdan foydalanish odoblari batafsil keltirilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:06 | Savol-javoblar | 250 | Dolzarb savollar