Qaytarma o‘qitish

Assalomu alaykum! Men ko‘p yildan buyon savdo bilan shug‘ullanaman. Oxirgi paytlarda ishga ya’ni do‘konimga borganimda negadir o‘zimda lanjlik sezadigan bo‘lib qolganman. Ishga qiziqishim ham so‘nib borayotgandek, go‘yo bundan bir necha oy avval do‘konimga bir mijoz keldida “do‘koningizda sehr bor, bir qaytarma qilib o‘qitivoring” degandi. Yaqinda ham boshqa bir mijoz shunga o‘xshagan gap aytdi. Keyin yana bir kishi. Xullas o‘ylanib qoldim. Iltimos to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar. Shariatimizda buning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bekorlarni aytishibdi. عَنِ عُمَرَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: مَنْ دَخَلَ السُّوقَ فَقَالَ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، يُحْيِي وَيُمِيتُ، وَهُوَ حَيٌّ لَا يَمُوتُ، بِيَدِهِ الْخَيْرُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، كَتَبَ اللهُ لَهُ أَلْفَ أَلْفِ حَسَنَةٍ، وَمَحَا عَنْهُ أَلْفَ أَلْفِ سَيِّئَةٍ، وَرَفَعَ لَهُ أَلْفَ أَلْفِ دَرَجَةٍ. وَفِي رِوَايَةٍ: بَدَلَ «وَرَفَعَ لَهُ أَلْفَ أَلْفِ دَرَجَةٍ» «وَبَنَى لَهُ بَيْتًا فِي الْجَنَّةِ». رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bozorga kirganda «Laa ilaaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu, yuhyi va yumiytu va huva hayyun laa yamutu, biyadihil xoyri va huva alaa kulli shay’in qodiyr» desa, Alloh unga millionta hasana yozadi va undan milion yomonlikni o‘chiradi hamda uni million darajaga ko‘taradi», dedilar». Boshqa bir rivoyatda: «Uni million darajaga ko‘taradi» o‘rniga «unga jannatdan bir uy quradi», deyilgan. Termiziy rivoyat qilgan. Sharh: Imom Muslim rivoyat qilgan hadisi sharifda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Allohga eng mahbub yurtlar masjidlardir. Allohga eng mag‘zub yurtlar bozorlardir», deganlar. Bozorlarning Alloh taolo eng yomon ko‘rgan joylar bo‘lishi odatda, ularda yolg‘on, aldamchilik, birovning molini haromdan eyish sodir bo‘lib turishidandir. Islomda savdo-sotiq ishlarida halol-pok bo‘lishga qattiq targ‘ib qilinadi. Aldamchilik, birovning molini haromdan eyish, savdo-sotiqdagi qallobliklar qattiq qoralanadi. Ushbu hadisda bozorlarning Alloh eng yomon ko‘rgan joy ekani aytilishi ham shu jumlaga kiradi. Bozor bozor bo‘lgani uchun emas, unda harom-xarish, noshar’iy ish ko‘p bo‘lgani uchun shunday vasfga ega bo‘lgandir. Shuning uchun musulmon odam bozorda doimo ehtiyot bo‘lishi kerak. Bozorga kirishda ham Allohdan panoh so‘rab kirish, yurishda ham panoh so‘rab yurish lozim. Xususan, ushbu rivoyatda kelgan duoni o‘qib yurish kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 149 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar