Shu ishimiz joizmi?
Assalomu alaykum! 1). Xonadoshimning yoshi 26 da u yaqinda namozni boshladi. Sano duosi, “Fotiha”, “Ixlos” va “Kavsar” suralarini yod oldi. Men bilan birga ruku’ va sajdalarni ado qilib namoz o‘qiyapmiz. Shu bilan birga imkon darajasida yod olishga ham harakat qilmoqda. Shu ishimiz joizmi yoki to‘liq yod olishni tamomlab boshlagani ma’qulmi?
2) Rossiya, gorod Sankt-Peterburg, prospekt Kosыgina 21-dom 1-korpus. Ushbu manzilda shayx Hazratlari(rahimahulloh)ning kitoblarini ko‘rdim. Kitobga “O‘zbekiston “Hilol nashr” nashriyoti manzili yozilgan, ammo gologrammasi yo‘q va kitobdagi ranglar ko‘chirmaga o‘xshaydi. Balki men adashgandirman. Bu manzilda nashriyotning dilleri bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-Namozning farzi ado bo‘lishi uchun bitta sura ham kifoya qiladi. Namozni o‘qiyverish kerak. 2-Siz aytgan manzilda bizning filialimiz yo‘q. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:34 | Savol-javoblar | 135 | Ta’lim va muta’allim