Namozxonning holati

Assalomu alaykum! Imomga iktido kilib, peshin namozining 4 rak’at farzini ado etayotgan edik. Yonimda namoz o‘qiyotgan namozxonning hatti-xarakatlari meni juda ham taajjubga soldi. Beixtiyor undagi quyidagi holatlarga guvoh bo‘ldim:
Kiyomda bir kaftini ikkinchi kaftining ustiga qo‘ymay, qo‘lni kindik ostiga bog‘lamay, xuddi ayollarga o‘xshab qo‘lini bog‘lashi;
Ruku’ga ketayotganda yoki sajdadan bosh ko‘tarayotganda xuddi balgamini yutayotganday tomogini qirib qattiq ovoz chiqarishi. Bu xolat bir necha bor takrorlandi;
Qa’dada o‘tirganda «ishorai sabboba»ni amalga oshirish uchun ko‘rsatkich barmoqni bir necha bor «o‘ynab», ya’ni kutarib-tushirib, keyin to‘xtatishi;
Imom «Allohu akbar» deyishga ulgurmay, shoshilib ruku’ va sajdaga hammadan oldin ketishi;
Salom berilganidan so‘ng, imom o‘qiyotgan duolarni tinglamay, tezda o‘rnidan turib, peshin namozining 2 rak’at sunnatiga quloq qoqib, namoz boshlashi;
Jamoat va imomni kutmay, tasbeh va duolarni o‘zi ado etib, duo qilib bo‘lgach, ikki qo‘lini yuziga surtish o‘rniga ikki qo‘lini havoda bir-birini ustiga silkitib qo‘yishi va hokazolar.
Aslida, men bu namoz vaqtida bu holatlarga e’tibor bermay, namozimning mukammal bo‘lishi uchun harakat qilishim lozim edi. Birok, bu namozxonning harakatlari bir necha marta takrorlandi, hamda men va atrofdagilarning namozdan chalg‘ishiga sabab bo‘ldi. Yuqorida zikr qilingan holatlarga nisbatan fikr va mulohazalaringizni bilmoqchi edim. Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz ko‘rgan odam yangi namozxon bo‘lsa kerak. Unga parvo qilmaslik kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:09 | Savol-javoblar | 138 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar