Hadismi yoki hikmat

Assalomu alaykum! “Alloh go‘zaldir. U go‘zallikni yaxshi ko‘radi”. Shu jumla hadisdanmi? Yoki hikmatmi? Umuman shu gapni aytish noto‘g‘ri emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hadis sahih. عبد الله بن مسعود رضي الله عنه عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لا يَدْخُلُ الْجَنَّةَ مَنْ كَانَ فِي قَلْبِهِ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ مِنْ كِبْرٍ، قَالَ رَجُلٌ: إِنَّ الرَّجُلَ يُحِبُّ أَنْ يَكُونَ ثَوْبُهُ حَسَنًا، وَنَعْلُهُ حَسَنَةً، قَالَ: إِنَّ اللَّهَ جَمِيلٌ يُحِبُّ الْجَمَالَ، الْكِبْرُ بَطَرُ الْحَقِّ، وَغَمْطُ النَّاسِ رواه الإمام مسلم Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qalbida zarra misqolcha kibri bor inson jannatga kirmaydi” dedilar. Bir kishi “Kishi ust va oyoq kiyimi chiroyli bo‘lishini yaxshi ko‘radi” dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo(Zoti, sifati, fe’llari) go‘zal Zotdir(har bir narsani) go‘zal bo‘lishini yaxshi ko‘radi” dedilar. Kibr haqni inkor qilib, odamlarni mensimaslikdir” dedilar.
Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:17 | Savol-javoblar | 145 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar