Baliqni boshiga urib o‘ldirish

Assalomu alaykum! Baliqlarni boshiga urib o‘ldirsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshiga urib o‘ldirsa ham baliq halol bo‘laveradi. Lekin, hayvonga ozor bermaydigan tarzda o‘ldirish kerak. عن شداد بن أوس قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: إن الله كتب الإحسان على كل شيء، فإذا قتلتم فأحسنوا القتلة، وإذا ذبحتم فأحسنوا الذبحة، وليحد أحدكم شفرته، وليرح ذبيحته. رواه مسلم Shaddod ibn Avs roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Albatta Alloh har narsaga ehsonni bitgandir. O‘ldirsangiz, bu ishni pishiq bajaring. Zabh qilsangiz zabhni pishiq bajaring. Sizlardan biringiz tig‘ini o‘tkirlasin, zabihasiga engillik qilsin.”
Imom Muslim rivoyati. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 08:11 | Savol-javoblar | 208 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar