Ishi yurishmasa

Assalomu alaykum! Ko‘pchilik ishi yurishmay qolsa o‘zlari ixlos qilgan mullaga  ishi yurishishi uchun o‘qitishga boradi. Shu narsa to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ishi yurishmagan ishi dam soldiruvchiga dam soldirgani emas, balki qilayotgan ishining qaerida xatoga yo‘l qo‘yayotganini aytib beradigan, shariat ilmini biladigan insonning xuzuriga borish kerak. Shariatni mahkam ushlagan, adolatni mahkam tutgan, o‘z kasbini puxta bajargan va birovning haqqiga ko‘z olaytirmagan odam, kim bo‘lishidan qat’iy nazar taraqqiyotga erishadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:11 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar