Balo-qazoga atab uyda hayvon boqish
Assalomu alaykum! Bizni qishloqda har xil keladigan balo-qazolarga atab uyda biron hayvon boqiladi. Ya’ni keladigan balo-qazolar uy egasiga, moli-davlati, oila azolariga urmay, shu hayvonga ursin degan maqsadda. Shu ishlar to‘g‘rimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu narsani shumlanish deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shumlanishdan qaytarganlar. Ba’zi taksichilarda ham kunlik tushumidan ozrog‘ini “bu pullar qora kunimga yarab qolar” degan niyat bilan ajratib qo‘yar ekan. O‘shanday kishilarni ko‘rsak, qilgan niyatlariga yarasha boshlari “qora kunlar”dan chiqmay yuradi. Hayvonni ham balo-qazolar uchun emas, yaxshi niyatlarda boqish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:11 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar