Gumon haqida

Assalomu alaykum! Xayoldagi yomon o‘y va gumonlarni qanday yo‘qotsa bo‘ladi? Nimadan kelib chiqadi bunday narsalar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Og‘izdan nima kirsa qorinda o‘sha narsa bo‘lganidek, ko‘z-quloq va burundan ham nima kirsa, qalb va miyada ham o‘sha narsa o‘rin oladi. Kirayotgan narsalarni yaxshilansa, o‘y-fikrlar ham o‘z-o‘zidan yaxshilanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 164 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar