Quddus shahri
Assalomu alaykum! Hurmatli ahli ilmlar, “Baqara” surasida Bani isroilga bir qishloqqa kirishlari va bu qishloq Quddus shaxri ekanligi aytiladi. Bundan kelib chiqadiki Quddus Bani isroil uchun vatan qilib berilgan. Hozirda Isroil davlati shu shaxarni poytaxt deb e’lon qilmoqchi. Bunga dunyo musulmonlari qarshi chiqishmoqda yoki Isroil davlatining Bani isroil qavmiga umuman aloqasi yo‘qmi? Shu masalaga tushuncha berib yuborsangizlar. Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo “Isro” surasida marhamat qiladi. وَقُلْنَا مِن بَعْدِهِ لِبَنِي إِسْرَائِيلَ اسْكُنُواْ الأَرْضَ فَإِذَا جَاء وَعْدُ الآخِرَةِ جِئْنَا بِكُمْ لَفِيفًا 104. U(Fir’avn)dan so‘ng Banu Isroilga: «Er yuzini maskan tutinglar. Bas, oxirat va’dasi kelgan chog‘ida, hammangizni to‘plab, keltiramiz», – dedik.
Ushbu oyati karimada er yuziga tarqalib ketgan yahudiylar bir kun bir joyga to‘planishlarini Alloh taolo va’da qilgan. Alloh taolo “Isro” surasini 6-7-oyatlarida ثُمَّ رَدَدْنَا لَكُمُ الْكَرَّةَ عَلَيْهِمْ وَأَمْدَدْنَاكُم بِأَمْوَالٍ وَبَنِينَ وَجَعَلْنَاكُمْ أَكْثَرَ نَفِيرًا 6. So‘ngra sizga ular ustidan g‘alabani qaytardik va sizga molu dunyo va farzandlar ila madad berdik. Va adadingizni ko‘p qilib qo‘ydik.
Ey Banu Isroil, so‘ngra tavba-tazarru qildingiz, ana shundan keyin Biz sizga ularning ustidan g‘alabani qaytardik, siz yana dushmaningiz ustidan g‘olib bo‘ldingiz. Bu ishda sizga yordam sifatida Biz molu dunyoingizni va bolalaringizni ko‘paytirish ila madad berdik:
«Va adadingizni ko‘p qilib qo‘ydik».
Ana shu narsalar yordamida dushmaningiz ustidan qayta g‘olib bo‘ldingiz. إِنْ أَحْسَنتُمْ أَحْسَنتُمْ لِأَنفُسِكُمْ وَإِنْ أَسَأْتُمْ فَلَهَا فَإِذَا جَاء وَعْدُ الآخِرَةِ لِيَسُوؤُواْ وُجُوهَكُمْ وَلِيَدْخُلُواْ الْمَسْجِدَ كَمَا دَخَلُوهُ أَوَّلَ مَرَّةٍ وَلِيُتَبِّرُواْ مَا عَلَوْاْ تَتْبِيرًا 7. Agar yaxshilik qilsangiz, o‘zingiz uchun yaxshilik qilasiz. Agar yomonlik qilsangiz ham, o‘zingiz uchundir. Bas, keyingi(buzg‘unchilik)ning va’da vaqti kelganda, yuzingizni qora qilishlari uchun, masjidga avval kirganlaridek kirishlari uchun va egallagan narsalarini tamoman parchalashlari uchun (bandalarimizni yuborurmiz). ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:58 | Savol-javoblar | 126 | Turli savollar