Mufarrida ismining ma’nosi

Assalomu alaykum! Mufarrida ismining ma’nosi nima? Qiz farzandga shu ismni qo‘yish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Mufarrid degan so‘zning ma’nolaridan biri: Odamlardan ajrab chiqib, ibodat uchun xoli qolgan degani. Shunindek imom Muslim rivoyat qilgan hadisi sharifda ham “mufarrid” so‘zining ko‘pligi kelgan bo‘lib, unda shunday deyiladi: عن أبى هريرة رضى الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسل : سبق المفردون قالوا : وما المفردون يا رسول الله؟ قال: الذاكرين الله كثيرا والذاكرات. رواه مسلم Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mufarridlar o‘zib ketdilar”, dedilar. “Mufarridlar kimlar, ey Allohning Rasuli?” deyishdi. “Allohni ko‘p zikr qilguvchi erkaklar va (Allohni ko‘p) zikr qilguvchi ayollar”, dedilar”. Ushbu rivoyatdan kelib chiqib, “Mufarrida” ismini qiz farzanga qo‘yish joizdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:13 | Savol-javoblar | 217 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar