Ovqat erga tushsa
Assalomu alaykum! Bir hadis o‘qidim og‘izdan tushgan luqmani yana qayta eyish kerak emasa shayton u luqmani eb ketadi degan mazmunda hadis o‘qidim. Shu hadis to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qo‘ldan tushgan va dasturxonga to‘kilgan taom olib eyiladi. Qo‘lda va idishlarda qolgan taom yuqlarining isrof bo‘lishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. عَنْ أَنَسٍ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ إِذَا أَكَلَ طَعَامًا لَعِقَ أَصَابِعَهُ الثَّلَاثَ قَالَ : وَقَالَ : إِذَا سَقَطَتْ لُقْمَةُ أَحَدِكُمْ فَلْيُمِطْ عَنْهَا الْأَذَى وَلْيَأْكُلْهَا وَلَا يَدَعْهَا لِلشَّيْطَانِ ، وَأَمَرَنَا أَنْ نَسْلُتَ الْقَصْعَةَ قَالَ : فَإِنَّكُمْ لَا تَدْرُونَ فِي أَيِّ طَعَامِكُمْ الْبَرَكَةُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taomlanganlarida uchchala barmoqlarini yalab qo‘yar va : “Birortangizning luqmasi tushib ketsa uni olsin, unga yopishgan narsalarni ketkazsin va eb qo‘ysin. Shaytonga qoldirmasin” der edilar va egan idishimizni salt qilib qo‘yishga buyurar edilar. So‘ng : Baraka taomingizning qaysi birida ekanini bilmaysizlar” der edilar.
Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Idishni salt qilish deb, idishda qolgan taomni tozalab eb qo‘yishga aytiladi. Vallohu a’lam!
16 Dekabr 2023, 14:08 | Savol-javoblar | 0 | Hadislar