Jin chalish

Assalomu alaykum! «Zikir ahlidan so‘rang» hay’ati azolari Alloh ishlaringizni barokatli qilgan bo‘lsin. Savolim quyidagicha islomda jin chalish bormi, uning qanday alomatlari bor va qanday davolanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Islomda jin chalish bor. Taqvoli va parhezkor olim inson ikki oyatni ixlos ila o‘qib dam solsa ketadi. الَّذِينَ يَأْكُلُونَ الرِّبَا لاَ يَقُومُونَ إِلاَّ كَمَا يَقُومُ الَّذِي يَتَخَبَّطُهُ الشَّيْطَانُ مِنَ الْمَسِّ Riboni eydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib, jinni bo‘lgan kishidek turarlar. Ushbu oyati karimada jin chalishi haqida so‘z yuritilib, qanday holatda bo‘lishi bayon qilingan. Ya’ni ularning o‘zlarini tutishlari sog‘-salomat, aqlli kishilar kabi bo‘lmaydi. Odatda jin urib, aqldan ozgan kishilar tartibsiz va noto‘g‘ri harakat qiladilar. Dovdirab, o‘zini har tarafga urib, uyat ishlarni ham qilaveradilar. Sudxo‘rlarda ham ana o‘sha holat bo‘lar ekan.("Tafsir Hilol" kitobidan "Baqara" surasi 275-oyat). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:21 | Savol-javoblar | 201 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar