Istig‘for so‘rash

Assalomu alaykum! Ustozlar bir birodarimiz shayx Hazratlaridan oldin shunday savol so‘raganakan. “100 marta istig‘for aytib g‘iybat qigan insonlarim haqqiga bag‘ishlab ulaniyam o‘zimmiyam gunohlarimga Allohdan mag‘firat so‘rasam bo‘ladimi». Hazrat «Bo‘ladi» deb javob berganakanla.
1.Menam ko‘p istig‘for aytib, o‘zini-o‘zi o‘ldirgan inson uchun Allohdan mag‘firat so‘rasam bo‘ladimi?
2. Qur’on o‘qib savobini unga(o‘zini o‘ldirgan insonga) bag‘ishlasam bo‘ladimi?
3. O‘zini o‘ldirgan insoni hukmi qanday? Javoblar uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Avvalo o‘zini-o‘z o‘ldirgan inson haqida yomon gumonga bormaslik kerak. Chunki bo‘lgan ish bo‘lib o‘tdi, u ishni qilishidan avval o‘zida bo‘lmagan, parishonxotir bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Unday kishilardan esa taklif soqit hisoblanadi. Albatta ularning ortidan qilingan har bir yaxshi amalning ularga manfaati bordir. 3). 2118. Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islom millatidan boshqa narsa bilan qasam ichsa, u o‘zi aytganidekdir. Kim bir narsa bilan o‘zini o‘zi o‘ldirsa, o‘sha narsa bilan jahannam olovida azoblanadi. Mo‘minni la’natlash uni qatl etish kabidir. Kim mo‘minni kofirga chiqarsa, bu uni qatl etish kabidir», dedilar». Ushbu uch hadisni beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: «Kim bir narsa bilan o‘zini o‘zi o‘ldirsa, o‘sha narsa bilan jahannam olovida azoblanadi». Bu masalaga tegishli hukmlarni «Haddlar kitobi»da mufassal o‘rganib chiqamiz. Kim o‘z joniga qasd qilsa, xuddi o‘zganing joniga qasd qilgandek, gunohkor bo‘ladi. Chunki unga jonni Alloh taolo bergan, shuning uchun ham jon bandaning emas, Alloh taoloning mulki hisoblanadi. O‘zini o‘zi o‘ldirgan odam Alloh taoloning irodasiga qarshi chiqqan nobakor sifatida oxiratda qattiq azoblarga giriftor bo‘ladi. Jumladan, u o‘zini bu dunyoda nima bilan, qanday qilib o‘ldirgan bo‘lsa, jahannamda ham o‘zini xuddi o‘sha narsa bilan, xuddi o‘shandoq qilib, qayta-qayta o‘ldirib turadi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/23737

26 May 2022, 13:24 | Savol-javoblar | 158 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar