Mash tortish sharti bor maxsi

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar Alloh sizlarni ikki dunyo azizu makarram qilsin savol berishga ruhsat bergaysizlar (aljavxarotu nayyirot) da وَلَوْ كَانَ الْخُفُّ ذَا طَاقَيْنِ فَمَسَحَ عَلَيْهِ ثُمَّ نَزَعَ أَحَدَ طَاقَيْهِ فَإِنَّهُ لَا يَجِبُ عَلَيْهِ إعَادَةُ الْمَسْحِ عَلَى مَا ظَهَرَ تَحْتَهُ. Xozirgi biz korgan maxsilarni ikki qavatlisimi yoki u davrlarda maxsilar sal boshqachoroq bolganmi agar birinchi maxsini kiysa va betaxorat bolib qolsa song birinchi maxsiga maxs tortsa song ikkinchi maxsini kiysa va ikkinchi maxsiga maxs torsa boladimi orasiga xadas arashib qolsa 2 savol فَإِذَا تَمَّتْ الْمُدَّةُ نَزَعَ خُفَّيْهِ وَغَسَلَ رِجْلَيْهِ) وَقَالَ الْحَسَنُ وَطَاوُسٌ يُصَلِّي وَلَا يَغْسِلُ قَدَمَيْهِ. Shuni ham tushuntirib bersangizlar iltos
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bir mahsi ikki qavat teridan tikilgan bo‘lsa tahorat qilib o‘sha mahsini kiyib ustiga mash tortsa, so‘ng ikki qavat terining bir qavatini ko‘chirib tashlasa tagidan qolgan bir qavatiga qayta mash tortish shart emas. Buning misoli bir kishining sochi bo‘laturib, sochining ustidan boshiga mash tortsa keyin sochini qirdirib yuborsa boshiga qayta mash tortishi shart emasligiga o‘xshaydi. Ammo bir kishi mahsini kiydi, ustidan uzun sapogni kiydi, yangi tahorat olganda sapogni ustidan mash tortsa, so‘ng sapogni echib tashlasa ichidagi mahsiga mash tortishi shart bo‘ladi. Bu erda ikkisining orasidagi farq birinchi holatda bitta mahsi ikki qavat teridan tayyorlangan bo‘lib bir-biriga yopishgan edi. Xuddi boshdagi sochga o‘xshab. Keyingi holatda esa mahsi ham sapog ham alohida-alohida. Shuning uchun sapogni ustidan mash tortganidan keyin echsa ichidagi mahsiga boshqa mash tortish kerak bo‘ladi. 2). Oyog‘ini o‘zini yuvadi. Hasan va Tovus rahmatullohi alayhmalarning so‘zlari olinmagan. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 03:00 | Savol-javoblar | 177 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar