Oq suyuqlik

Assalomu alaykum! Men yaqinda urolog doktorga bordim. Menda prostata shamollashi bor ekan ekan. Ko‘pincha jinsiy azomdan sariq va oq suyuqliklar tezlik bilan kelib qoladi ammo ko‘rsam ko‘rinmaydi siydik yo‘llarida qolib ketadi shuning uchun doimo paxta quyib yuraman. Suyuqlik kelib qolsa ham paxtaga tegadi kiyimimga tegmaydi. Peshob qilayotganimda kuchanib peshob qilaman ba’zi shunga peshob oxirlarida peshobga qo‘shilib oq suyuq chiqadi. Men saytingizlardagi peshob bilan suyuqlik kelib qolsa degan savollarni o‘qib chiqdim sizlar "agar kasallikdan bo‘lsa g‘usl qilmaydi " degan ekansizlar men kasal bo‘lsam ham qalbim tinchimayapti maniy bo‘lsa degan xayol bor. O‘zi qoida qanday?  
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holda shar’an g‘usl vojib bo‘lmaydi. Bu holatni tezda davolab bu muammodan qutiling. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 14:47 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar