Jurayj haqida

Assalomu alaykum! Chaqaloq paytida gapirgan bolalarning hikoyasini o‘qib turib bir savol tug‘ilib qoldi. Jurayj namoz paytida onasini chaqirig‘iga javob bermagan ekan, lekin u Bani Isroil ummatidan ekan. Bizning mazhabimizda bu narsaning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وَقَالَ اللَّيْثُ: حَدَّثَنِي جَعْفَرٌ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ هُرْمُزَ قَالَ: قَالَ أَبُو هُرَيْرَةَ  رضي الله عنه: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صلي الله عليه وسلم: «نَادَتِ امْرَأَةٌ ابْنَهَا، وَهْوَ فِي صَوْمَعَةٍ قَالَتْ: يَا جُرَيْجُ. قَالَ: اللَّهُمَّ أُمِّي وَصَلَاتِي. قَالَتْ: يَا جُرَيْجُ. قَالَ: اللَّهُمَّ أُمِّي وَصَلَاتِي. قَالَتْ: يَا جُرَيْجُ. قَالَ: اللَّهُمَّ أُمِّي وَصَلَاتِي. قَالَتِ: اللَّهُمَّ لَا يَمُوتُ جُرَيْجٌ حَتَّى يَنْظُرَ فِي وَجْهِ الْمَيَامِيسِ. وَكَانَتْ تَأْوِي إِلَى صَوْمَعَتِهِ رَاعِيَةٌ تَرْعَى الْغَنَمَ فَوَلَدَتْ، فَقِيلَ لَهَا: مِمَّنْ هَذَا الْوَلَدُ؟ قَالَتْ: مِنْ جُرَيْجٍ نَزَلَ مِنْ صَوْمَعَتِهِ. قَالَ جُرَيْجٌ: أَيْنَ هَذِهِ الَّتِي تَزْعُمُ أَنَّ وَلَدَهَا لِي؟ قَالَ: يَا بَابُوسُ مَنْ أَبُوكَ؟ قَالَ: رَاعِي الْغَنَمِ». أطرافه: 2482، 3436، 3466 - تحفة: 13637 1206. Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bir ayol: «Ey Jurayj!» deb o‘g‘lini chaqirdi. U chillaxonada edi, «Allohim! Onammi, namozimmi?» dedi. (Ona yana) «Ey Jurayj!» dedi. U: «Allohim! Onammi, namozimmi?» dedi. (Ona yana) «Ey Jurayj!» dedi. U: «Allohim! Onammi, namozimmi?» dedi. (Ona) «Allohim! Jurayj fohishalarning yuziga boqmaguncha o‘lmasin!» dedi. Uning chillaxonasi oldiga bir cho‘pon ayol kelib, qo‘y boqib turar edi. U bola tug‘di. Unga: «Bu bola kimdan?» deyildi. U: «Jurayjdan. U chillaxonasidan tushgan edi», dedi. Jurayj: «Bolasini mendan deb da’vo qilayotgan anavi qani?» dedi. (Ayol olib kelingach, Jurayj:) «Ey go‘dak, otang kim?» dedi. (Bola:) «Qo‘yboqar», dedi».Izoh: Fuqaholar «Har qanday namozda birovning chaqirig‘iga javob berish namozni buzadi. Ammo nafl namozlarda onaning chaqirig‘iga javob berib, so‘ng qayta o‘qib olishga ruxsat beriladi», deydilar. Ta’kidlash lozimki, Jurayj «Allohim! Onammi, namozimmi?» degan gapni dilidan o‘tkazgan («Fayzul Boriy»).(“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Farz namozida ota-ona chaqirsada, namozni buzmaslikka ulamolar ittifoq qilganlar. Namozni buzganidan ko‘ra qisqartirib o‘qiydi. Nafl namozlarda esa ba’zi ulamolar “Namozni tezlatib, qisqartirib, tugatib ota-onaga javob beriladi” deganlar. Ba’zilari esa, “ota-onaga farzandining namoz o‘qiyotgani ma’lum bo‘lsa, namozni buzmay qisqartirib tezroq namozini tugatadi. Agar ota-ona farzandini namoz o‘qiyotganinin bilmay turib chaqirsa, namozini buzib, qazosini o‘qiydi. Bunday holatda ota-onaga javob qaytarish muqaddam turadi”. Yuqoridagi gaplarning barchasi ixtiyoriy holatdadir. Ota-onaning bemorlikka chalinishi, yong‘in chiqishi, o‘g‘ri tajovuz qilishi kabi zaruriy holatlarda farzni ham, naflni ham buzishga ruxsat berilgan.(In’omul Boriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:26 | Savol-javoblar | 141 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar