Ish vaqtida juma namozi

Assalomu alaykum! Men kiski bir qishloqda tez yordam shifokoriman. Joyimiz masjid bilan yonma yon chaqiruv odatda kam buladi. Shu xolatda juma namoziga chiqishim mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Insonlarning shoshilinch tibbiy yordamga zaruriy ehtiyojlari bor. Bu ehtiyojni qondirish maxsus shifoxonadagi navbatchi shifokorlarning zimmasiga tushgan. Shifokor o‘z navbatchiligi vaqtida ish joyini tashlab ketmasligi lozim. Navbati juma kuniga to‘g‘ri kelib qolsa ish joyida qolib, peshin namozini ish joyida ado qilib olishi kerak. Vallohu a’lam!

9 Dekabr 2023, 08:40 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar