Qadr kechasida ammalar
Assalomu alaykum! Ustozlar, Allohim ulug‘ oyda qilayotgan ezgu ishlaringizga O‘zi ajrni ko‘paytirib bersin. Menga qadr kechasi qanday zikrlarni qilishni yozib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَن عَائِشَةَ قالَتْ: قُلْتُ:" يا رَسُولَ اللهِ، أرَأيْتَ إنْ عَلِمْتُ أيُّ لَيْلَةٍ لَيْلَةُ الْقَدْرِ، مَا أقُولُ فِيها؟ قَالَ: قُولي: اللَّهُمَّ إنَّكَ عَفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ العَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي" Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Ey Allohning rasuli, agar qadr kechasini qaysi ekanligini bilsam, u kechada nima deyman? Shuni xabarini bersangiz” dedim. U zot “اللَّهُمَّ إنَّكَ عَفُوٌّ كَرِيمٌ تُحِبُّ العَفْوَ فَاعْفُ عَنِّي” Allohim sen avf qiluvchisan, karimsan, avf qilishni yaxshi ko‘rasan, meni avf qil" dedilar. (Termiziy rivoyati). Avf qilish, gunohlarni kechirib, butkul yo‘q qilib yuborish ma’nosini bildiradi. Mag‘firat qilish ma’nosiga yaqmindir. Lekin undan mubolag‘aliroqdir. Chunki mag‘firat qilish aybni berkitishdan iboratdir. Avf qilish esa, butkul yo‘q qilib yuborishdan iboratdir. Avf qilish Alloh taoloning haqqida gunohning izini ham qoldirmay yo‘q qilib yuborishga aytiladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:27 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar