Bemorning haqqiga qiladigan duo
Assalomu alaykum! Bir ma’ruzada eshitgandim, hadisda kelishicha kasal insonni ko‘rganda shu kasalni haqqiga duo qilsa, Alloh o‘sha kasallikdan panox berar ekan. Shu hadisni keltirib berola sizlarmi? Yodlab olardik Alloh rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ عَادَ مَرِيضًا لَمْ يَحْضُرْ أَجَلُهُ، فَقَالَ عِنْدَهُ سَبْعَ مِرَارٍ: أَسْأَلُ اللهَ الْعَظِيمَ رَبَّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ أَنْ يَشْفِيَكَ، إِلَّا عَافَاهُ اللهُ مِنْ ذَلِكَ الْمَرَضِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir kasalni ko‘rgani borsa-yu, uning ajali etmagan bo‘lsa, etti marta «As’alullohal aziym. Robbal arshil aziym an yashfiyaka», desa, Alloh o‘sha bemorga mazkur kasaldan ofiyat beradi», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bemor ko‘rgani borgan odam shunga o‘xshash boshqa duolarni ham o‘qib, dam solishi haqida bir qancha hadislar bor. Alloh xohlasa, ularni ham o‘rni kelganda o‘rganamiz.
Bemor ko‘rgani borgan odam unga shifo tilab, duo qilish bilan birga, bemorning oldida uzoq o‘tirmasligi ham kerak. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 199 | Hadislar