Jamoat namozidagi kamchilik
Assalomu alaykum! Imomlikka o‘tuvchi inson o‘zi va unga iqtido qilib namoz o‘quvchi jamoaning namozini imkon qadar be kamu ko‘st va chiroyli tartibda ado etmog‘i lozim. Ammo bir imomga namozdagi makruh amallar og‘izaki aytildi va uning o‘zidagi “Kifoya” kitobidan iqtibos keltirib o‘rgatilganiga qaramay, makruh bo‘lgan amallarda bardavom bo‘lsa, ushbu imomga iqtido qilib namoz o‘qishlik durustmi yoki yolg‘iz o‘qigan ma’qulmi? Bu amallarning bazilarini sanab o‘tsam. Ikkinchi rak’at qiroatini birinchi rak’atning qiroatidan uzun qilish. Qur’ondagi tartibga xilof tartibda qiroat qilish. Esnash va esnaganda og‘zini engi bilan berkitmaslik va bu holatlarning barchasi bir namozda sodir bo‘lib turadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday bo‘lsada yolg‘iz o‘qigandan ko‘ra jamoat bilan o‘qigan afzal. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday bo‘lsada yolg‘iz o‘qigandan ko‘ra jamoat bilan o‘qigan afzal. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:30 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar