Barakadan qaytish
Assalomu alaykum! Berayotgan javoblaringizdan minnatdorman! Shunday holatlarga duch kelyapmiz: Bir yigit bilan uy savdo qilib baraka qildik. Undan avval u yigit ancha obdon o‘ylab keyin baraka qilgan edi. Aytmoqmichanki, savdoimiz shoshma shosharlik bilan bo‘lmadi. Barakamizdan so‘ng 2 kun o‘tar o‘tmay kelishilgan narxdan past berishini aks holda savdodan qaytaman deb turib oldi. Baxonasi shu ediki, “men qo‘limni bermagan edim va bunga ota-onam qarshi chiqdi” deb turib oldi. Yana ishonch bilan aytdiki, “o‘zimni diniy tomondan ham oqlay olaman” dedi. U lafzi bilan savdo qilgan edi. Bu ish to‘g‘rimi?
Insonlar uchun barakadan qaytish, lafzdan qaytish oddiy holatga aylanmoqda. Bu mavzu bo‘yicha ulamolarimiz nima deyishgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘zingiz yozganingiz kabi ular o‘z bay’laridan qaytganlaridan keyin baraka ham topmaydilar. Agar holat siz aytgandek bo‘lsa, “o‘zimni diniy tomondan ham oqlayman” degan gapini shariat oqlamaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:31 | Savol-javoblar | 194 | Dolzarb savollar