Folbin rost gapirsa, uning gapiga ishonish kerakmi?
Assalom alaykum. Sizga beradigan savolim kuyidagicha. Avvallari ham bu saytda maslaxat so‘rab yozgan edik. Erim tomonidan gunoh ish utganligi sababli masjidga borib kilingan gunoh uchun tavba qilgan edik. Ammo mening kechirishim kiyin bo‘ldi, ajrashmokchi ham bo‘ldim. Masjiddagi domla menga 1 oy davomida xar kuni 100 martadan ixlos sur’asini o‘qishimni va ajrashish karorimdan kaytishimni buyurgan edilar. Lekin aytdilar, agar ixlos sur’asini aytilgan muddat ichida ukimasam jazosi oilamga yoki uzimga ta’sir qilishi mumkin deb. Boshida ushbu duolarni ukib yurib xakikatdan da engil topdim. Lekin aytilgan ishni oxirigacha kilmadim. Allohga shukur hozir yashashimiz yaxshi. Ammo 1 oycha bo‘ldi kichik farzandimning chap kuzida "ketib qolish" kuzatila boshlandi. Juda ham yigloki, 1, 5 yosh bo‘lsa da birorta suzni gapirolmaydigan, bir narsalardan kurkadigan bo‘lib koldi. Duxtirga kursatdik, u bizga dorilarni buyurdi. Ammo ularning natijasi xali bilinmadi. Bugun esa bir yomon ish qilib kuydim. Bir kushnim menga bir folbin borligini, telefondan ham fol ocha bilishini aytdi. Kizimning sogligi haqida suryaman deb unga kungirok qildim. Folbin ayol uzimdan boshqa xech kim bilmaydigan narsalarni, xattoki buynimdagi takinchogim, tanamning ogriyotgan erlari haqida ham menga aytdi. Kizimning kuzi haqida ham aytdi, . Buning sababini esa bizning masjidga borib, qilishimiz lozim bo‘lgan ishni oxirigacha etkazmaganligimiz sababli dedi (vaxolanki men bu xakda umuman xech kaerda gapirmagan edim) va 1 oy davomida 3 marta masjidga borib domlaga dam soldirishimizni aytdi. Iltimos, ushbu xakda sizning fikringizni bilmokchi edim. Folbinning gapiga ishonish kerakmi? Umuman uning aytgan gaplari to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam folbinlar rost gapirsalar ham yolg‘onchi ekanlarini ta’kidlaganlar. Siz uning gapini tasdiqlamang. Katta gunoh bo‘ladi. Shifoni Alloh taoloning O‘zidan so‘rang.
27 Aprel 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 158 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam folbinlar rost gapirsalar ham yolg‘onchi ekanlarini ta’kidlaganlar. Siz uning gapini tasdiqlamang. Katta gunoh bo‘ladi. Shifoni Alloh taoloning O‘zidan so‘rang.
27 Aprel 2022, 05:27 | Savol-javoblar | 158 | Aqiyda