Nomoz kimning roziligi bilan boshlanadi

Assalomu alaykum! Yoshim 22 da talabaman yaqinda nomoz o‘qishni o‘rganib o‘qib boshladim Oilamizda shu vaqtgacha hech kim nomoz o‘qimagan. Yaqinda onam ikkovimiz birga boshladik men besh vaqt o‘qishni o‘rganayapman. Ammo nomoz o‘qishimga dadam qarshilik qilyaptilar. Sababi hali yoshsan turmushga chiqib keyin o‘qiyverasan hozir kitob o‘qi o‘qishingni qil dedilar, o‘qimagin emas faqat bomdodni o‘qisang bo‘ladi dedilar. Ammo men o‘qishda davom etayapman nima qilmog‘im kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qing, bardavom bo‘ling. Namozlaringizdan keyin otangiz va onangiz haqlarida ko‘proq duo qiling. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar