Oilaviy jamg‘armadan zakot 2

Assalomu alaykum! Savolimga javob berganingiz uchun rahmat. Javobdan tushundimki farzandlar otasiga oyligini olib kelib bersa mulk otaniki hisoblanadi. Savolim quyidagicha: 1. Hozir onamlar, men, ukam yiqqan pulni teng uchga bo‘lib, 3/2 qismini otam zakotga bersalar bo‘ladimi ? 2. Bundan buyon onamlar pullarini jamg‘armaga qo‘shmasdan alohida yig‘sinlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hammaning mulklari alohida-alohida tayin bo‘lsin. Bunga rozi bo‘linmasa pul aniq kimniki bo‘lishi tayin bo‘lsin. Malalan : uyga, otaga olib kelib beriladigan bo‘lsa, otaga hadya bo‘lsin va otaning mulki bo‘lsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:36 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar