Sug‘urta puli to‘lovi

Assalomu alaykum! Masalan mening avtomashinam majburiy sug‘urta qilingan Alloh asrasin yo‘l transport xodisasi sodir bo‘lib mening avtomashinamni boshqa majburiy sug‘urta qilingan avtomashina avariya sodir qildi va u avtomashina ega(xaydovchi)si yuz foiz aybdor meni mulkimga zarar etkazdi. Men sug‘urta kompaniyasiga murojat qilmayman. Sug‘urta kompaniyasi shartlari bo‘yicha menga zarar etkazgan avtomashina egasi(xaydovchi)ga o‘zining majburiy sug‘urta qilingani bo‘yicha menga etkazilgan zararni qoplab beradi. Zarar etkazgan avtomashina ega(xaydovchi)sining sharoiti og‘ir u o‘zining sug‘urta kompaniyasidan menga etkazilgan zararni qoplamoqchi. Savol: Menga etkazilgan zararni, manbai sug‘urta kompaniyasi bo‘lgan puldan zarar etkazgan avtomashina ega(xaydovchi)sidan olsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol pul bilan zararni qoplab berishni talab qiling. Vallohu a’lam!

21 Sentabr 2022, 01:39 | Savol-javoblar | 125 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar