Ro‘zadorning uxlashi
Assalomu alaykum! Hurmatli islom.uz sayti xodimlari, yaqinda «ro‘zada vaqt o‘tqazish uchun uxlash» mavzusidagi savolga va unga berilgan qisqa javobga ko‘zim tushdi. Iloji bo‘lsa, manbalar bilan quvvatlangan to‘liqroq javob keltirsangiz. Ba’zi tushunmovchiliklardan foriq bo‘lishimizga yordam berardi. Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘za tutishning o‘zi alohida bir farz ibodatidir. Uning shariat ko‘rsatmalariga muvofiq bamdoddan oldin niyat qilib, shom vaqtigacha etkazsa, farzni ado qilgan bo‘laveradi. Agar ro‘zani bir inson deb tasavvur qilinsa, tirik bir inson shaklidagi holi bo‘ladi. Agar ro‘za tutib Qur’on o‘qisa, gapira oladigan, ko‘zini nomahramlardan tiysa, ko‘ra oladigan. Qulog‘ini g‘iybat va noshar’iy gaplardan tiysa, qulog‘i eshitadigan, sadaqa qilsa, qo‘li bor, jamoatga qatnasa oyog‘i bor inson kabi bo‘ladi. Aksi bo‘lsa, ko‘r, soqov, kar, oyoq-qo‘li yo‘q inson kabi bo‘ladi. Shunday bo‘lsada zimmasidan farz soqit bo‘lib, qiyomat kuni bir umr nafl ro‘za tutib erishib bo‘lmaydigan savobga ega bo‘ladi. Ro‘zador odam yuqoridagi kabi ro‘zani kar-soqov va oyoq-qo‘lsiz qilib qo‘yadigan bo‘lsa, undan ko‘ra uxlagani afzaldir. Uxlash o‘rniga tilovati Qur’on va zikrlar bilan mashg‘ul bo‘lsa qani edi... Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:39 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar